1 TA JOY QOLDI (10 TADAN)
Global Frontend Engineer: Mahalliy dasturchidan xalqaro darajaga
Dasturlash orqali xalqaro (remote) kompaniyalarda karyera boshlang
"Ushbu 8 sessiyalik (1 oy davomida) intensiv workshop frontend dasturchilarga xalqaro bozor talablariga moslashishda yordam beradi. Nafaqat chuqur texnik bilimlar (React, JS Engine, Performance), balki xalqaro kompaniyalar uchun muhim bo'lgan soft skillar, Scrum/Agile jarayonlari va masofaviy ish madaniyatini ham o'rganamiz. Har bir dars oxirida real intervyu savollariga asoslangan algoritmik topshiriqlar beriladi."
Nimalarni o'rganasiz
- Xalqaro kompaniyalarga ishga kirish jarayonini yaqindan o'rganish
- Javascript va React'ning ichki ishlash mexanizmlari (Engine, Performance Optimisation)
- Xalqaro standartdagi Scrum va Agile jarayonlarida ishlash
- Browser performance va Lighthouse metrikalarini optimallashtirish
- Masofaviy ish madaniyati (async communication, ownership)
- Algoritmik topshiriqlarni intervyu paytida tushuntirib berish
Muammolar va yechimlar
Texnik bilim yetarli, lekin ingliz tilida tushuntirishda to'siq bor.
Har bir darsda texnik terminlar bilan ishlash va mashqlar orqali muloqotni shakllantiramiz.
Mahalliy tajriba bor, lekin Scrum va professional SDLC bo'yicha tushuncha kam.
Alohida sessiya orqali xalqaro jamoalarda qo'llaniladigan Scrum marosimlari va Jira bilan ishlash o'rgatiladi.
Algoritmik savollarda 'qotib qolish'.
7 ta real intervyu algoritmini noldan tushuntirish va yechish strategiyalarini ko'rib chiqamiz.
Masofaviy (Remote) ish madaniyati va asinxron muloqotni tushunmaslik.
'No Hello' qoidasi, Slack etiketi va asinxron jamoalarda ishonchni shakllantirish bo'yicha amaliy ko'rsatmalar beriladi.
Rezyume va LinkedIn profilining xalqaro rekruterlar uchun mos emasligi.
Google XYZ formulasi asosida natijaga yo'naltirilgan CV yaratish va LinkedIn SEO optimizatsiyasini amalga oshiramiz.
Kod sifati va Git workflow (Rebase vs Merge) standartlariga rioya qilmaslik.
Xalqaro jamoalar talab qiladigan professional Git etiketi va kodni review qilish madaniyati o'rgatiladi.
Xalqaro bozordagi o'z narxini bilmaslik va past maoshga rozi bo'lish.
Salary Negotiation sessiyasida global bozor benchmarklari va shartnomalar tuzish o'rgatilinadi.